“Xalqaro arxivlar kengashi Yevroosiyo hududiy bo‘limining XVI- umumiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi”(Yevroosiyo)
Joriy yil 5-9 oktyabr kunlari Qozon shahrida (Tatarstan Respublikasi) Xalqaro arxivlar kengashi Yevroosiyo hududiy bo‘limining XVI-umumiy konferensiyasi (Yevroosiyo), MDH a’zo mamlakatlarning davlat arxivlari rahbarlari Maslahat kengashi yig‘ilishi va “Arxiv hujjatlaridan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Polsha, Rossiya, O‘zbekiston va Finlandiya davlatlarining arxiv muassasalari vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi vakillari sifatida “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori A.X.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi direktori A.J.Maxammatov, Toshkent shahar hududiy arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘i A.V.Mahkamovlar qatnashdilar.
Yevroosiyo XVI-umumiy konferensiyasida 2013-2016 yillar uchun rejalashtirilgan ishlar sarhisobi, shuningdek, arxivchi hodimlar malakasini oshirish, o‘zaro hamkorlik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish kabi boshqa sohaga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Konferensiya doirasida “Arxiv hujjatlaridan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori A.X.Abdullayev “2015 yil - Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini bajarish doirasida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahar Sergeli tumanida arxiv ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha pilot loyihasi” taqdimotini qildi.