Xalqaro MS ISO 9001: 2008 Sifat Menedjmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida...

Arxivlar tomonidan ko'rsatiladigan arxiv xizmatlari sifatini yaxshilash, arxivlarga arxiv ma'lumotnomalari yuzasidan murojaat qiluvchilar va arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilarning talablarini qondirish, shuningdek arxiv sohasidagi xalqaro hamkorlikdagi yangi imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi rahbariyati tomonidan MS ISO 9001: 2008 Sifat Menedjmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etishni boshlash bo'yicha qaror qabul qilindi.