“Xayrli oqshom” ko‘rsatuvida O‘zbekiston kinofotofono hujjatlar Milliy arxivi
SEVIMLI telekanalining “Xayrli oqshom” ko‘rsatuvida O‘zbekiston kinofotofono hujjatlar Milliy arxivi fondlarning bosh saqlovchisi U.A.Akramova va bosh arxivchi O.Latipova ishtirok etdilar. Ko‘rsatuvda arxivning noyob kinohujjatlari namoyish etildi. Namoyish uchun taqdim etilgan kinokadrlar o‘zbek kinosining ilk namunalari bo‘lib suhbatda san’atshunos va kinoshunos olim Nigora Karimova o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. N.Karimova O‘zbekistonda kino san’atiga asos solgan insonlar to‘g‘risida, ilk kadrlar qanday moslamalarda tasvirga olinganligi to‘g‘risida ilmiy jihatdan asoslangan faktlarni keltirdilar. Bundan tashqari O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari Milliy arxivining o‘zbek milliy kino san’atidagi roli va ikki tashkilotning kelgusidagi hamkorligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar
Shuningdek, ko‘rsatuvda O‘zbekiston Milliy arxivi xodimlari o‘z arxivlari va faoliyatlari to‘g‘risida so‘z yuritdilar. O‘zbek milliy kinosi ustalari “Qo‘qon shamoli” kinokartinasi rejissyori mazkur arxiv bilan hamkorliklari to‘g‘risida fikr bildirib aynan filmdagi obrazlarning kiyimlarini arxivdan olingan hujjatlarga asoslanib yaratilganligi e’tirof etdilar.
Ushbu ko’rsatuvni quydagi xavola orqali ko’rishingiz mumkin https://www.youtube.com/watch?v=qVu6rwYCLxw
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati