Xizmat safari davomida viloyatdagi davlat arxivlari faoliyati ham o‘rganilmoqda.

"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Surxondaryo viloyati Muzrabot  tumani davlat arxivi faoliyati bilan tanishish uchun tashrif buyurdi. 

Muzrabot tuman davlat arxivining  moddiy texnika bazasi holati hamda axborot tizimlarni joriy etilishi xususida tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun: Muzrabot tuman davlat arxivi  “Muzrabot tuman xo‘jalik hisobidagi idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi” sifatida faoliyatini boshlagan. Muzrabot tuman hokimining 2008 yil 13 iyundagi 354-son qarori bilan Surxondaryo viloyat davlat arxivining Muzrabot tuman bo‘limi tashkil etilgan. 

Muzrabot tuman davlat arxivida 1954-2016 yillarga oid chegara sanasidagi hujjatlar saqlanmoqda. Hozirda tuman davlat arxivida 16606 saqlov birligidagi hujjatlar mavjud.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati