"Xodimlarni ish unumdorligini oshirish va she’riyatga qiziqtirish yuzasidan" ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxiviga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi. taniqli shoir, yozuvchi, fizika-matematika fanlari nomzodi Hamidjon Tohirjonov taklif etilgan holda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Arxivda saqlanayotgan noyob hujjatlar orasida mamlakatimiz ilmu-fani, oliy ta’limi rivoji, qolaversa dunyo fanlari rivojiga o‘zining ma’lum bir hissasini qo‘shib ketgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, texnika fanlari doktori, professor To‘lqin Miromilovich Mirkomilovning ijodi, faoliyati haqida tadbirga taklif etilgan X.Toxirjonov tomonidan keng tarzda ma’lumotlar berilib, tadbir so‘nggida, X.Toxirjonovning qalamiga mansub, akademik T.Mirkomilovga bag‘ishlab yozilgan "Yodnoma" she’ri o‘qib berildi. Akademik T.Mirkomilov yetuk olim bo‘lishlariga qaramay, ularda she’riyatga, san’atga, sportga bo‘lgan ixlos yuksak bo‘lganligi xususida ham ma’lumotlar berildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati