Xorazm viloyati davlat arxivida 8-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” va 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Urganch Maʼmun universiteti talabalari ishtirok qildilar. Talabalarga arxivda tashkil qilingan "Konstitutsiya burchagi", Davlat arxivi va uning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati haqida maʼlumot berib o‘tildi.
Talabalar arxivdagi mavjud shart-sharoitlar, hujjatlar saqlovxonalari va hujjatlarning saqlanish tartibi, raqamlashtirish, taʼmirlash jarayonlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, davlat arxivining arxiv muzeyidagi noyob eksponatlar hamda tarixiy hujjatlar bilan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javob oldilar.