Xorazm viloyati davlat arxivida malaka oshirish o'quv yig'ini o'tkazildi.

Xorazm viloyati davlat arxivida  Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda "Hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish masalalari" mavzusida malaka oshirish o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul mutaxassislari hamda hududiy boshqarmalar vakillari ishtirok etdi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati