“Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini «makulatura»ga topshirib yubordi" nomli maqolaga MUNOSABAT

2020 yil 15 dekabr kuni Ommaviy axborot vositalarida “Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini «makulatura»ga topshirib yubordi" mavzusida axborot e’lon qilindi.
Yakkabog‘ tumani davlat arxivida mazkur voqea 13 noyabr kuni soat 18.00 dan keyin sodir bo‘lgan bo‘lib, shu kuni o‘zining g‘araz niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxs arxivda vaqtincha saqlanadigan birlamchi hamda yo‘q qilishga ajratishga tayyorlanayotgan buxgalteriya hujjatlari bo‘lgan hujjatlarni arxivdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Arxiv tomonidan mazkur xolat zudlik bilan aniqlanib, tuman Ichki ishlar organiga habar berilgan.
Holatga huquqiy baxo berish yuzasidan tergov xarakatlari olib borilmoqda hamda hujjatlarni mavjudlik holatini tekshirish yuzasidan Ishchi guruhi tuzilib, hujjatlar tarkibi o‘rganilmoqda. 
Dastlabki o‘rganish jarayonlarida arxivdan olib chiqilgan hujjatlar tarkibida doimiy saqlovdagi Milliy arxiv fondiga kiritilgan hujjatlar bo‘lmaganligi, faqatgina vaqtincha saqlovdagi buxgalteriya xujjatlari bo‘lganligi aniqlandi. 
O‘rganishning yakuniy natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.   


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати