Yakub Kolasning barhayot xotirasi uchun

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi binosida Oʻzbekiston va Belarus Respublikalari kinematografiyachilari tomonidan belarus shoiri Yakub Kolas (1882-1956 yy.) toʻgʻrisida hujjatli film suratga olish ishlari boshlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekistonga yuzminglab ilm-fan, sanʼat, madaniyat va boshqa sohalarning ilgʻor vakillari urush maydonlari hududidan evakuatsiya qilingan edi. Belarus adibiyotchisi Yakub Kolas 1941-1943-yillarda Toshkent shahrida evakutsiya davrida yashagan va ijod qilgan boʻlib, fashizmga qarshi oʻzbek adabiyot namoyandalarii Hamid Olimjon, Zulfiya, Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, Mirtemir va boshqalar bilan birgalikda ijod qilgan edilar. Filmda “Oʻzbekkinoxronika” studiyasi fondiga oid arxiv hujjatlari keng foydalanilmoqda. 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati