YANGIBOZOR TUMANIDA "O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
Bugun 24 mart kuni "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan 2021 yil 15 yanvardagi 08/1-2648-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq Xorazm viloyati Yangibozor tumani davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning arxiv xizmatlari bilan bog‘liq muammoli masalalari hal etildi.
Ma’lumot: Yangibozor tumani davlat arxivi binosi 2012 yilda qurib, foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda davlat arxivida 1925 yildan boshlab jami 521 fond, 108015 saqlov birlikdagi hujjatlar saqlanadi. Davlat arxivi Yangibozor, Gurlan, Shovot va Urganch tumanlari fuqarolari, tashkilot, korxona va muassasalariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.