YIL TANLOVI – 2020

YIL TANLOVI – 2020» “Eng namunali milliy arxivi va arxiv ishi hududiy boshqarmasi” jamoatchilik so‘rovnomasi sarhisob qilindi. Eng ko‘p ovoz olgan muassasalar keyingi bosqichga  (mutaxassislar so‘rovnmasiga) o‘tdi. Mutaxassislar bergan ovoz berish jarayoniga ko‘ra "Eng namunali milliy arxivi va arxiv ishi hududiy boshqarmasi" so‘rovnomasida o‘rinlar qo‘yidagicha taqsimlandi:
1- o‘rin Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi
2-o‘rin Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi hamda Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi
3-o‘rin O‘zbekiston Milliy arxivi, Samarqand hamda Xorazm viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari.
So‘rovnomani kelgusida har yil yakuni bo‘yicha o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash rejalashtirildi.
So‘rovnma g‘oliblari bo‘lgan muassasalarning barcha xodimlarini muborakbod etmiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!!!


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати