Yorqin, nafis va serjilo xon atlaslar kiygan xodimalarimiz arxivimizni yanada ko‘rkam, fayzli, serjilo ko‘rinishiga hissa qo‘shmoqdalar.










“Xon atlas” festivali doirasida xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analarini, milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan milliy libosdagi arxiv xodimlarining ish faoliyatidan lavhalar.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati