“YOSH ARXIVCHILAR FORUMI - 2024” doirasida Talabgor yosh arxivchilarning arxiv ishi sohasida yangi gʻoyalari bo‘yicha ishlari, loyihalari taqdimoti - “Gʻoyalar maydonchasi” bo‘lib o‘tdi.










































































O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi tomonidan “YOSH ARXIVCHILAR FORUMI - 2024” “OLMOS” sog‘lomlashtirish oromgohida respublikaning barcha arxivchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.


“YOSH ARXIVCHILAR FORUMI - 2024” doirasida “Agentlik direktori kubogi - 2024” mini-futbol, Suzish, Shaxmat musobaqasi, Xotin-qizlar o‘rtasida Spartakiada sport musobaqalari, “Arxiv hujjatlarining saqlanishini taʼminlash va arxiv hujjatlaridan foydalanish: Muammolar va ularning yechimlari” mavzusida konferensiya, Talabgor yosh arxivchilarning arxiv ishi sohasida yangi g‘oyalari bo‘yicha ishlari, loyihalari taqdimoti - “G‘oyalar maydonchasi”, Yosh arxivchilardan iborat tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Zukkolar” intellektual o‘yinlari, “Uch avlod uchrashuvi”, Rahbar va yoshlar bilan ochiq muloqot, gender siyosati va boshqa maʼnaviy masalalar yuzasidan davra suhbatlari o‘tkazildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati