“Yosh arxivchilar forumi” va “Elektron hujjatlarini shakllantirish, jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etish” mavzusida Konferensiya
“O‘zarxiv” agentligining 2019 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Asosiy ish rejasining 9.3-bandiga muvofiq 9 iyun –“Xalqaro arxivlar kuni” hamda “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 9 yilligi munosabati bilan joriy yilning 11 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida har yili muntazam ravishda o‘tkaziladigan respublika “Yosh arxivchilar forumi” va uning doirasida va “Elektron hujjatlarini shakllantirish, jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etish” mavzusida Konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun: “Yosh arxivchilar forumi”da arxiv ishida eng innovatsion g‘oya mavzusida g‘olib bo‘lgan yosh arxivchini hamda konferensiya mavzusi bo‘yicha eng dolzarb va mazmunli ma’ruza muallifini Koreya Respublikasiga stajerovkaga yuborish rejalashtirilmoqda.