Axsikentda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan «Shoh va sarkarda» mavzusida «Ma'naviyat soati» tashkil etildi.
Namangan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan «Shoh va sarkarda» mavzusida «Ma’naviyat soati» tashkil etildi. Unda Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayh Mirzoning hayot yo’li va ijodi, o’zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari hamda shoirning she’rlaridano o’qib eshittirildi. To’raqo’rg’on tuman davlat arxivi xodimlari tomonidan To’raqo’rg’on tumanidagi 2300 yillik tarixga ega ochiq osmon ostidagi muzey-«Axsikent» yodgorlik majmuasida ekskursiya tashkil qilindi. Boburning bolalik davrlari o’tgan ushbu maskanda bugungi kungacha saqlanib qolgan tarixiy yodgorliklar va ularni saqlab qolish ishlari bilan tanishdilar. Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbirlar respublikamizning barcha arxivlarida o’tkazildi.