Arxiv sohasida jamoatchilik nazorati

Qaror, sharh, ijro

Vazirlar Mahkamasining "Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori arxiv xodimlari tomonidan chuыur щrganilmoыda. Mazkur qarorni o‘rganish, mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish, arxiv ishi sohasida mehnat qilayotganlar o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida “O‘zarxiv” agentligining 160-son Buyrug‘i qabul qilindi. Buyruqqa asosan mazkur qarorni barcha davlat arxivlarida puxta o‘rganib chiqish “mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtiradi. Arxivlarimizda qarorni o‘rganish jarayonida “Temir daftar”ni, “Ayollar daftari”ni, “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar, xotin-qizlar, yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ish yuritish tartiblarining tasdiqlanganligiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Sababi, arxivchi kuchli ish yurituvchidir, darhol, ish yuritishga e’tibor qaratadi. To‘g‘ri, ish yuritish mustahkam bo‘lsa, sohada kamchilik ham kam bo‘ladi. Shuningdek, mamlakatda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bilan ishlash tizimi natijasi bo‘yicha hisobot berish sxemasi asosida xisobot berilsa, maqsadga muvofiq. Qarorga ko‘ra, aytib o‘tilgan “daftarlar”da ro‘yxatda turgan fuqarolarni bandligini ta’minlash, tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish, tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish hokimiyatlar oldiga muhim vazifa qilib qo‘yildi. Ayollar va yoshlarga yuqorida ko‘rsatilgan yordam turlaridan tashqari turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishda yordam beriladi. “Yoshlar daftari”ga kirgan fuqarolar uchun kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida yillik o‘qish xarajatlarini to‘lab berish nazarda tutiladi. “Temir daftar”ni yuritish uchun - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlari, “Ayollar daftari”ni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi yuritadi, Yoshlar ishlari agentligi - “Yoshlar daftari”ni yuritadi. Bu mazkur qaror bilan belgilangan. 2021 yil 1 iyunga qadar tegishli daftarlarni yuritish elektron tizimini takomillashtirish va uni elektron hukumat tizimi bilan integratsiya qilish yakunlanishi lozimligi ta’kidlangan.
Arxivning nima dahli bor-demoqchimisiz? Amalga oshirilgan ishlar barchasi tarixga muxrlanajak, tarix esa arxiv hujjatlaridan boshlanadi. Bugun mazkur “daftar”lar qanchalik to‘g‘ri va yaxshi yuritilsa, avlodlar ustimizdan kulmaydi, aks holda..

Shuhrat Tursunbayev
“O‘zarxiv” agentligi direktori maslahatchisi


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati