Arxiv sohasida yangi qaror fuqarolar manfaati uchun xizmat qiladi

Keyingi yillarda arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi yangiliklar islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga imkoniyat yaratmoqda. Kuni kecha Hukumat tomonidan qabul qilingan “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiklash to‘g‘risida”gi qaror hukumatning arxiv sohasida fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishiga bo‘lgan e’tibori deb qarashimiz lozim. 
Birinchidan, qaror aynan fuqaro manfaati, yillar davomida mehnat qilgan faoliyatini himoya qilishning tartibini belgiladi. Jumladan, yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘kotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiklash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish, ariza berish va uni ko‘rib chikish, ma’lumotnomani ariza beruvchiga taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi yagona ma’muriy reglament tasdiqlandi. 
Unga ko‘ra ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish chog‘ida yo‘kotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiklash yuzasidan murojaat etish tartibi belgilandi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat kilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova kilinishi kerak. Ariza beruvchi fuqaro yuqorida qayd etilgan holatlar yuzaga kelganda davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etgan holatda, markaz xodimlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishli davlat arxiviga elektron tarzda fuqaro murojaatini yuboradi. So‘rovnomada so‘ralayotgan tashkilotlar hujjatlari tegishli davlat arxivda mavjud bo‘lmaganda, so‘rovnomani qabul kilgan davlat arxivi bir ish kuni mobaynida tegishli ma’lumot saqlanayotgan davlat arxivini aniklaydi va so‘rovnomani tegishliligi bo‘yicha davlat arxivlariga yuboradi. 
Tegishli davlat arxivi so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab yo‘kotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tayyorlab berishi belgilandi. Bugungi kungacha bu jarayon 30 kunni tashkil etgan.
Ikkinchidan, sohada Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish, ariza berish va uni kurib chikish, ma’lumotnomani ariza beruvchiga takdim etish tartibi, ya’ni mavzuli so‘rovlarni - mulkiy munosabatlar, evakuatsion munosabatlar, taqdirlanganlik, yo‘qolgan, yaroqsiz hujjatlarni tasdiqlash  bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Unga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat arxivlarida saqlanayotgan ma’lumotlar bo‘yicha hujjatlarni tasdiqlash imkoniyatlari yaratildi. Bunda ariza beruvchi fuqaro davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi yoki uning ishonchli vakili kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.
Qaror bilan fuqarolarga yangi qulayliklar yaratilmoqda, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar belgilandi. Shuningdek, ariza beruvchi fuqaro talab etayotgan so‘rov bo‘yicha ma’lumotlarni tezlashtirish, uni belgilangan vaqtdan imkon qadar tez bajarilishini ta’minlash imkoniyatlari kiritilmoqda. Shuningdek, fuqarolarga ishonchli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadlari belgilab qo‘yildi. Jumladan, Adliya vazirligi va uning quyi tuzilmalari har bir ko‘rsatilayotgan xizmatlarni real vaqt rejimida nazoratini olib borilishi, fuqarolarning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu borada “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ham maxsus monitoring joriy etiladi. Shu bilan birga arxivchilarimizning bu boradagi faoliyatini yanada yengillashtirish maqsadida maxsus moddiy-texnik baza mustahkamlanadi, har bir davlat arxivi bilan muntazam elektron axborot almashishning yangi yo‘nalishlari kiritiladi. 
Mazkur qaror fuqarolarning yillar davomidagi muammolarini o‘rganish, ularga davlat arxivlaridan olinadigan hujjatlarni osonlashtirish, yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘kotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiklashdagi sarsongarchiliklarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Shuhrat Mir Rayim
“O‘zarxiv” agentligi direktori maslahatchisi


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati