Arxiv tarix va kelajakni bog‘lovchi ko‘prikdir.

O‘zbekiston Milliy arxivining shaxsiy fond xujjatlarida arxiv va tarixni birdek ko‘rib mana shu soha rivoji uchun hissa qo‘shgan O‘z MAning faxriy ustozi M.I.Vekselmenning shaxsiy fondi mavjud. Vekselman Maks Isakovich-1931 yil Ukrainaning Umyansk rayonida tavallud topgan. 1941-yilning iyul oyida Ulug‘ Vatan urushi boshlangandan so‘ng oilasi bilan Toshkentga evakuatsiya qilindi. M.I.Vekselman 1945 yil oilaviy sharoitiga ko‘ra 8-sinfda taxsil olish bilan birga Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxiviga arxivchi lavozimiga ishga kirgan. 1948 yilda o‘rta maktabni bitirgandan so‘ng O‘rta Osiyo davlat universiteti tarix fakultetining kechki bo‘limiga o‘qishga kirdi va shu bilan birga arxivdagi faoliyatini ham davom ettirib bordi. 1954 yil tarix fakultetini tamomlagandan so‘ng O‘zbekistondagi Markaziy davlat tarixiy arxiviga ilmiy xodim bo‘lib ishladi.
1965-1991 yillar davomida Toshkent davlat universiteti tarix fakultetida dotsent lavozimida faoliyat yuritib, M.L.Vays, A.I.Toshmuxammedov, A.Ya.Sokolyov kabi professor arxivchilar bilan “XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida Xiva va Buxorodagi iqtisodiy axvol” nomli hujjatlar to‘plamini tayyorlashda ishtirok etgan.

 

O‘zR MDAning faxriy ustozi M.I.Vekselmenning ilmiy faoliyati
 (O‘zR MDAning shaxsiy fondlari asosida)

Vekselman Maks Isakovich-1931 yil Ukrainaning Umyansk rayonida tavallud topgan. 1941-yilning iyul oyida Ulug‘ Vatan urushi boshlangandan so‘ng oilasi bilan Toshkentga evakuatsiya qilindi. M.I.Vekselman 1945 yil oilaviy sharoitiga ko‘ra 8-sinfda taxsil olish bilan birga Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxiviga arxivchi lavozimiga ishga kirgan. 1948 yilda o‘rta maktabni bitirgandan so‘ng  O‘rta Osiyo davlat universiteti tarix fakultetining kechki bo‘limiga o‘qishga kirdi va shu bilan birga arxivdagi faoliyatini ham davom ettirib bordi.  1954 yil tarix fakultetini tamomlagandan so‘ng O‘zbekistondagi  Markaziy davlat tarixiy arxiviga ilmiy xodim bo‘lib ishladi.
Maks Isakovichning tarix faniga bo‘lgan qiziqishi XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida   Buxoro va Xiva xonliklari tarixini o‘rganishiga sabab bo‘ldi.  Uning “Orenburgdan Buxorogacha sayoxat” nomli maqolasida Turkiston hududi tasvirlangan. Bundan tashqari savdo yo‘llari va Buxoroning madaniy hayotiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Bundan tashqari M.I Vekselman 1917-1918 yillarda bolsheviklarning Turkistondagi faoliyati, O‘rta Osiyoning savdo aloqalari va siyosiy munosabatlari borasida ham tadqiqotlar olib borgan. 1955 yil M.I Vekselmanning “Ingliz-amerikalik iperialistlarning O‘rta Osiyodagi faoliyatlari to‘g‘risida”, 1956 yilda esa “Qozog‘iston va O‘rta Osiyoda 1916 yilgi inqilob” nomli tarixiy hujjatlar to‘plamlarini chop etgan.1961 yilda M.I Vekselman Moskva davlat  tarixiy arxiv institutining “Rossiya tarixiy manbashunosligi” mutaxassisligining  sirtqi bo‘limi aspirantura yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. 1963 yilda “O‘zbekistonda Sovet hukumatining o‘rnatilishiga oid tarixiy manbalar” mavzusida nomzodlik dessirtatsiyasini ximoya qildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston markaziy davlat arxivida 1965 yilgacha faoliyat yuritdi.
1965-1991 yillar davomida Toshkent davlat universiteti tarix fakultetida dotsent lavozimida faoliyat yuritib, M.L.Vays, A.I.Toshmuxammedov, A.Ya.Sokolyov kabi professor arxivchilar bilan “XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida Xiva va Buxorodagi iqtisodiy axvol” nomli hujjatlar to‘plamini tayyorlashda ishtirok etgan.
M.I Vekselmanning 1905 yildan – 1991 yilgacha bo‘lgan shaxsiy  faoliyatga oid shaxsiy hujjatlari 1991 yilda O‘zR MDAga topshirilgan. 1992 yilda M.I Vekselmanning shaxsiy hujjatlariga ilmiy texnik ishlov berilib, 183 ta yig‘ma jilddan iborat  1- ro‘yxati tuzilgan. Shuningdek M.I Vekselmanning hujjatlari davrlashtirish jixatidan bo‘limlarga ajratilib ularning mikrofoto nusxasi 10 saq.birligi miqdorida O‘zR MDAga topshirilgan. 1906-1922 yillarga oid ilmiy monografiyalari 3 saq.birligidagi miqdorda  O‘zR MDAning ilmiy ma’lumot kutubxonasiga topshirilgan.
Shunday qilib M.I Vekselman o‘zining ilmiy faoliyati davrida arxivning tarixiy fondlari hujjatlaridan foydalangan xolda ko‘plab tarixiy ilmiy to‘plamlarni yaratishga muvafaq bo‘lgan.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati