Аyni damda Oʼzarxiv” agentligining 2021 yil I yarim yillik yakunlari bagʼishlangan (masofaviy, “Zoom” ilovasi orqali) kengaytirilgan Hayʼat yigʼilishi oʼtkazilmoqda.

Hayʼat yigʼilishi kun tartibidan quyidagi masalalar oʼrin olgan:
I. “Oʼzarxiv” agentligining 2021 yil I yarim yil yakunlari, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi toʼgʼrisida. 
II. Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼzarxiv” agentligining 2021 yil ikkinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash toʼgʼrisida.
III. “Oʼzarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarda 2021 yil I yarim yil yakunlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosi boʼyicha ijro intizomi holati monitoringi natijalari toʼgʼrisida.
IV. “Oʼzarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini 2021 yil I yarim yillikda koʼrib chiqish holati va natijalari toʼgʼrisida.
V. “Oʼzarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxivlarda Аxborot xizmati faoliyati toʼgʼrisida.
VI. Turli masalalar
Hayʼat yigʼilishi kun tartibining tegishli masalalari boʼyicha rahbarlarning hisoboti tinglanishi belgilangan.
Onlayn yigʼilishda "Oʼzarxiv" agentligi markaziy apparati xodimlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, Oʼzbekiston milliy arxivlari direktorlari va direktor oʼrinbosarlari, Аrxiv ishi va ish yuritish markazi direktori, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari hamda viloyat, tuman (shahar) davlat arxivlari direktorlari ishtirok etmoqdalar.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati