Buxorolik arxivchilar sulolasi

Sayfulloyeva Sharofat Yaroshevna 1980 yildan arxiv sohasidagi faoliyatlari davomida to‘plagan tajribalarini arxiv ishi va ish yuritish sohasida mehnat qilayotgan barcha xodimlarga ulashib kelmoqda. Tumanning “jonli” tarixi bugungi kunda ham nafaqat arxivchilar, balki ish yuritish sohasidagi barcha xodimlarga o‘rnak va ustozdir.
Sharofat aya hozirgi kunda Buxoro tuman davlat arxivida rahbarlik faoliyatini amalga oshirayotgan Zoitova Sanobar Sattorovnaning onalari.
U arxivchilar sulolasining birinchi vakilasidir. Sanobar o‘z ish faoliyatini 2005 yilda Buxoro tuman idoralararo shaxsiy tarkib arxivida boshlagan. Sanobar Sattorovna o‘zining ishga muhabbati, sadoqati va o‘z ustida tinimsiz ishlashi natijasi o‘laroq 2017 yildan Buxoro tuman davlat arxivida direktor lavozimiga tayinlangan. Rahbarlik va arxiv ishini yuritish unga Sharofat ayadan o‘tgan. Sanobar Sattorovna faoliyati davomida shu sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan ulkan tajriba maktabiga ega onasidan va xolasining maslahatlariyu ko‘nikmalariga tayanib Ustoz-shogirt an’analariga muvofiq ish yuritmoqda.
Shuningdek, Buxoro tuman davlat arxivining sobiq rahbari Hojiyeva Salomat Yarashevna ham o‘zlarining 1982-yildan 2006 yilga qadar sohada to‘plagan bilim, ko‘nikma va tajribalari bilan o‘rtoqlashib kelmoqda.
Sharofat aya va Salomat opalarning tajribalari bugungi kunda viloyat miqyosida ommalashtirilmoqda. Yosh arxivchilarning aksariyati ularning shogirdlaridan hisoblanadi. Bunday sulolali arxivchilar oilasi Buxoro viloyat davlat arxivida, Qorovulbozor tumani davlat arxivida ham shakllangan. Ko‘p yillik samarali mehnatlari evaziga Sharofat aya bugungi kunda ham yosh arxivchilar bilan bir qatorda sulolali arxiv xodimlari, keksa arxivchilar bilan tajriba almashib turadi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati