Farg‘ona hunarmandchiligi tarixi arxiv fotosuratlarida

Azal-azaldan Farg‘ona vodiysi, xususan, viloyatdagi hunarmandchilik an’analari doimiy ravishda shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib kelgan.
"O‘zarxiv" agentligi saqlovida bo‘lgan tarixiy fotohujjatlarda aks etgan farg‘onalik hunarmandlar ish jarayonlari o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliylik va mehnatsevarligini ifodalaydi.
Ustalarning ish jarayonidan lavhalar, jumladan, farg‘onalik yog‘och o‘ymakori usta K.Xaydarov o‘z uyi hovlisida yog‘och materiallaridan turli hil o‘ymakorlik namunalari yaratib kelganligi to‘g‘risida 1963 yildagi rasmlar va Farg‘ona viloyatidagi Avval qishlog‘ida joylashgan masjidning shift qismiga tushirilgan milliy naqqoshlik namunalari...  
Shuningdek, Rishton tumani nafaqat viloyatning, balki respublikamizning kulolchilik markazi hisoblanadi. Bugungi kunda ham ushbu kulolchilik markazida yaratilgan ijod namunalari sayyohlar e’tiborini jalb etib kelmoqda.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati