FARG‘ONA VILOYATI MARG‘ILON ShAHAR DAVLAT ARXIVIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan 2021 yil 19 iyundagi 08/09-15-23-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali” tasdiqlangan.
Bugun, 17 iyul kuni ushbu reja-jadvalga muvofiq, “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov hamda direktor o‘rinbosari Sh.G.Sadikovlar Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, Marg‘ilon shahar davlat arxivi binosida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdilar.
Sayyor qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi, joyida hal qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar hal etildi, o‘rganish talab etiladigan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgilanib, nazoratga olindi.
Shuningdek, Agentlik direktori U.Yusupov hamda direktor o‘rinbosari Sh.Sadikovlar Marg‘ilon shahar davlat arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishib, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarini berib o‘tdilar.