Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Bugungi og‘ir epidemiologik vaziyatda dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar yetkazish, arxiv sohasini ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasida Siz, matbuot ahlining fidokorona mehnat qilayotganingizni arxiv tizimi xodimlari yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz!
Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.
“O‘zarxiv” agentligi direktori
Ulug‘bek Yusupov