Katta Farg‘ona kanali qurilishi – o‘zbek xalqining haqiqiy jasorat namunasi
O‘zbek halqini umumiy maqsad yo‘lida birlashtirib, haqiqiy qaxramonlik namunalari aks etgan hamda birdamlik, ahillik, fidoyilik ramziga aylanib, tarix zarvaraqlaridan joy olgan, XX asrning ulkan gidroinshoot namunalaridan biri bo‘lgan Katta Farg‘ona kanali qurilganliga bu yil 82 yil to‘ldi.
Markaziy Osiyo xalqlarining turmush darajasini yaxshilash borasida katta burilish yasagan Katta Farg‘ona kanalining tarixi barchamiz uchun qiziqarli va albatta hayratlanarlidir. Buning boisi shundaki, asosan qo‘l kuchi bilan tuproq qazilib, o‘z nihoyasiga yetkazilgan va Farg‘ona vodiysida bunyod etilgan eng yirik gidrotexnik inshootdir.
1939 yilning aynan jazirma yoz faslida xalqning xashar yo‘li bilan boshlangan hamda qisqa muddat ichida ya’ni 45 kun (!) ichida qurib bitkazilganligi yanada ahmiyatlidir.
Farg‘ona viloyat davlat arxivi saqlovidagi Katta Farg‘ona kanali qurilishiga oid bo‘lgan hujjatlarning guvohlik berishicha, O‘zbekiston SSR Xalq Komisarlari Sovetining 1939 yil 3-6 iyun kungi “Katta Farg‘ona kanali qurilishi” haqidagi 896-son qarori qabul qilingan. (Fond-1124, Ro'yxat-2, Yig'majild-3)
Shuningdek, mazkur qarorda qurilish sxemalar tasdiqlanib, qurilish rahbari etib Mirzayev Teshavoy tasdiqlangan.
Ketmon, zambil va belkuraklar quruvchilarning asosiy mehnat qurollari bo‘lgan. Quruvchilar zamonaviy transport vositalariga ega emas edilar, shuning uchun 12 mingga yaqin arava va 7 ming to‘rt g‘ildirakli arava tuproqni tashish va qurilish materiallarini olib kelish uchun ishlatilgan.
Kanalda ishlashning birinchi kunlaridayoq kanaldan 510 ming kubometrdan ortiq tuproq olib tashlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, xalq hasharida 180 ming nafar ishchi va dehqon hamda 3000 nafar muhandis-texnik xodim qatnashgan.
Yana bir diqqatga sazovor bo‘lgan joyi shundaki, uzunligi 270 kilometrli kanal qazilishi davomida 17 mln. m3 tuproq qazib chiqarilgan bo‘lib, shundan faqatgina 1,7 mln. m3 tuproq (umumiy ko‘rsatkichning 10 foizi) texnika yordamida qazilgan. Bu esa o‘zbek xalqining mehnatkash, millat turmush tarzini yaxshilash bo‘lgan mushtakak maqsadlar yo‘lida uyushqoq xalq ekanligidan dalolatdir.
Bundan tashqari, ushbu qurilish jarayonida xasharchilarning madaniy xordiq chiqarishlari uchun turli hil usullardan foydalanilgan. Butun qurilish davomida tashviqot markazlari, radio markazlar, kutubxonalar, katta tirajli gazetalar shuningdek, targ‘ibotchilar quruvchilarga kundalik mehnat natijalari to‘g‘risida – kim oldinda – kim orqada qolayotgani to‘g‘risida ma’lumot berib borishgan.
Shuningdek, mazkur kanal qurilishi davomida fidoyilik ko‘rsatgan bir qator xalq qaxramonlari kashf etildi. Arxiv saqlovidagi 1124-fonddagi yana bir hujjatda qurilishda alohida o‘rin tutgan, o‘zining mehnatkashligi bilan jasorat ko‘rsatib, kanal qazilishida ishtirok etgan fuqarolarning nomma-nom keltirilgan ro‘yxati mavjud.
Shuningdek, mazkur kanal qurilishi davomida fidoyilik ko‘rsatgan bir qator xalq qaxramonlari kashf etildi. Arxiv saqlovidagi 1124-fondga tegishli "Muhnatkash deputatlar Farg‘ona viloyati ijroiya komiteti"ning hujjatlarida (Fond-1124, Ro'yxat-2, Yig'majild-43)qurilishda alohida o‘rin tutgan, o‘zining mehnatkashligi bilan jasorat ko‘rsatib, kanal qazilishida ishtirok etgan fuqarolarning nomma-nom keltirilgan ro‘yxati mavjud.
2019 yilda Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi arxiv hujjatlariga asoslangan holda, Katta Farg‘ona kanali qurilganligining 80 yillik yubileyini nishonlash tashabbusi bilan chiqdi. Natijada ushbu tashabbus Hukumat darajasida ko‘rib chiqilib, keng tadbirlar asosida nishonlandi. Kanalga ushbu suv inshooti qurilishi davrida O‘zbekiston hukumati rahbari bo‘lgan hamda ushbu ishlarga bosh-qosh bo‘lgan Usmon Yusupov sharafiga "Usmon Yusupov nomli Katta Farg‘ona kanali"nomi berildi, shuningdek, kanalning Rishton tumanidan oqib o‘tuvchi qismida uning byusti o‘rnatildi.
Bundan tashqari, kanal qarilishida ishtirok etgan, hozirda hayot bo‘lgan keksalar va faxriylar holidan xabar olindi hamda ular bilan ushbu mashhur jarayon haqidadagi xotiralari bilan o‘rtoqlashilib, ularga hurmat va extirom ko‘rsatildi.
Zero, mana shunday xalqni bir maqsad yo‘lida birlashtiruvchi, ular o‘rtasida mehr-oqibat, uyushqoqlik kabi ezgu g‘oyalarni yanada shakllanishida muhim rol o‘ynovchi qadriyatlarni o‘zida namoyon eta bilgan Katta Farg‘ona kanali qurilishida ishtirok etganlar, hozirda kamol topib kelayotgan yosh avlod uchun chin ma’noda haqiqiy jasorat namunasi hisoblanadi.
Farg'ona viloyat davlat arxivi saqlovidagi hujjatlar asosida tayyorlandi.