“Korrupsiya-milliy xavfsizlikka taxdid” mavzusida tadbir
2019 yil 5 iyul kuni Andijon mashinasozlik institutining majlislar zalida viloyat shahar, tuman arxiv muassasalari xodimlari o’rtasida “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka taxdid” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirni viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasi boshlig’I N.Zuxriddinov qisqacha kirish so’zi bilan ochib korrupsiyaga qarshi kurashish masalasining dolzarbligini, muxtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarda korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borishga jiddiy e’tibor berilayotganligi, ayniqsa fuqarolarga davlat xizmat ko’rsatish asosiy vazifalardan biri xisoblangan arxiv muassasalari uchun aloxida axamiyatga ega ekanligi takidlab o’tdi.
Joriy yilning 6 oyi davomida viloyat arxiv muassasalariga 23 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushganligi, shundan 12 mingdan ziyod so’rovlar nafaqaga chiqayotgan fuqarolardan ekanligini aytib, ularga ish xaqlari va ish stajlarini tasdiqlash boyich xaqqoniy malumotlarni arxiv xujjatlari asosida taqdim etish, soxtakorlikka, qonun buzulishiga yo’l qo’ymasliklari arxiv xodimlaridan katta ma’sulyatni talab qilinishini takidladi.
Mavzu yuzasidan so’zga chiqqan Andijon shahar “Imomi A’zam Rahmatulloxi alayx” jome masjidi imom xatibi Isommiddin Shamsiddinov, Viloyat prokuraturasi uyushgan “Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi” aloxida muhim ishlar bo’yicha katta tergovchi Lazizbek Madumarov, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’I Zafarbek Qodirov, Andijon Ichki ishlar boshqarmasi “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish” bolimi masul xodimi Komiljon Qodirovlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha fikr-mulohazalari tinglandi.
Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiya illatlarini fosh etib beruvchi lavxalardan iborat videorolik namoyish etildi.