Ommaviy axborot vositalari vakillarini agentlik huzurida Akkreditatsiya qilinadi
O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazilar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatinining o‘z vaqtida va xolisona yoritilishini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillarini Agentlik huzurida akkreditatsiya qilinishini ma’lum qilamiz.
Shu munosabat bilan “O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning III bo‘lim, 8-bandiga muvofiq muxbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o’rnatilgan tartibda Agentlikka taqdim etiladi.
Akkreditatsiya tartibi bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.