Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Joriy yilning 28 iyul, chorshanba kuni “Fargʻona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida 2021 yil I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda Boshqarma boshligʻi D.Mallayev, Ijtimoiy himoya yagona reyestri shoʻʼba mudiri Oʻ.Sotinaliyev, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar hamda sohaning boshqa mutaxassislari ishtirok etdilar.

Karantin qoidalari asosida tashkil etilgan matbuot anjumanini Fargʻona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining axborot xizmatiga masʼul xodimi R.Madaminov moderator sifatida olib bordi.

Dastlab, boshqarma boshligʻi D.Mallayev OAV xodimlariga 2021 yilning I yarim yilligi davomida sohada olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi. Shundan soʻng jurnalist va blogerlar oʻzlari qiziqtirgan savollari bilan matbuot anjumani tashkilotchilariga yuzlandilar. 

Berilgan savollarning aksariyati arxiv hujjatlarining raqamlashtirish jarayoni va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, hujjatlarni davlat arxivlari saqloviga topshirish, shuningdek, fuqarolarga pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisida boʻldi.

Savollarga boshqarma boshligʻi D.Mallayev hamda pensiya taʼminoti borasida soʻngi yilda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun taklif etilgan viloyat Ijtimoiy himoya yagona reyestri (Pensiya jamgʻarmasi) shoʻʼba mudiri Oʻ.Sotinaliyev va boshqa masʼullar batafsil javob berib oʻtdilar.

Qiziqarli va muhokamalarga boy oʻtgan matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlar oʻzlari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil va aniq javob oldilar.

Shuningdek, matbuot anjumani yakunida kelgusida ham arxivlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan soha faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazilishida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida kelishib olindi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati