“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari, direktorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Aliyev Anvarjon Orifjonovich “Soha iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Sohamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, davlat va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash va hisobdorligini oshirishdagi faolligi hamda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Agentlik xodimi taqdirlandi.
"O‘zarxiv" agentligining tegishli buyrug‘i bilan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari, direktorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Aliyev Anvarjon Orifjonovich “Soha iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Hamkasbimizni yana bir bor muborakbod etgan holda, ishlarida yangidan yangi zafarlar tilab qolamiz!!!