O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI “O‘ZARXIV” AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA" gi PQ-4463-son hamda 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi PQ-4936-son Qarorlariga asosan Sirdaryo viloyat davlat arxiviga qo'shimcha saqlovxona qurilishi uchun loyiha oldi va loyiha hujjatlari tayyorlandi.
Hozirda “Javoxir-Farxod xamkor servis” hususiy qurilish korxonasi quruvchularining shijoati bilan 3 qavatli binoning 3 qavat ustini plita bilan yopish ishlari amalga oshirilmoqda.