Permdagi halqaro konferensiyada O‘zbekistonlik arxivchilar faol ishtirok etdi

 

Rossiya Federatsiyasining Perm o‘lkasi gubernatori Administ-ratsiyasi, Rossiya Fanlar akademiyasi Umumiy tarix instituti, Rus pravoslav cherkovlari Perm mitropoliti, “Yelisavetinsko-Sergiyevskoye prosvetitelskoye obщestvo” xayriya Fondi va Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tomonidan “Romanovlar imperator uyi tarixi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy o‘qish va “Pod skipetrom Romanovыx. K 300-letiyu provozglasheniya Rossii Imperii” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Ilmiy-ma’rifiy o‘qish va halqaro konferensiya ishida O‘zbekiston Milliy arxivi direktori o‘rinbosari A.V.Mahkamov ishtirok etib, Turkiston o‘lkasining tarixiy hujjatlarida imperator Romanovlar sulolasi hamda halqaro konferensiyada “O rezidensii Velikogo knyazya Nikolaya Konstantinovicha Romanova v gorode Tashkente” (1891-1918 gg.) ” ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, xizmat safari davomida xorijiy tarixchi va arxivchi olimlar, mutaxassislar va boshqa ijtimoiy sohaga oid tadbir ishtirokchilari bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda o‘zaro tajribalar almashtirildi.
O‘zbekiston Milliy arxivi direktori o‘rinbosari A.V.Maxkamov xizmat safari davomida Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi direktori Sergey Vasilevich Neganov bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik ishlarini tashkil etish, jumladan, XX asrning 30-50 yillarida qatag‘on qilingan O‘zbekiston fuqarolarini Perm o‘lkasidagi majburiy mehnat koloniyalaridagi hujjatlarini o‘rganish asosida ilmiy-ommabop adabiyotlarni qo‘shma tarzda yaratish masalasi muhokama qilindi va ijobiy fikrlar almashildi.
Xizmat safari davomida O‘zbekiston Milliy arxivi Ilmiy kutubxonasiga Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi va tadbir tashkilotchilari tomonidan chop etilgan yangi adabiyotlardan namunalar keltirildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati