Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti arxivi tomonidan MDH davlatlari yosh arxivchilarining yozgi maktabini tashkil etish anʼana tusiga kirib bormoqda.
Qozogʼiston arxiv muassasasi tomonidan tashkil etiladigan ushbu maktab doirasida arxiv sohasi uchun muhim yoʼnalishlar rivoji uchun turli ilmiy konferentsiyalar, master-klasslar va madaniy tadbirlar oʼtkaziladi. Bu yil ham Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti arxivi tomonidan MDH mamlakatlari yosh arxivchilarining IV yozgi maktabi tadbirlari oʼtkazilmoqda. Аyni damda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va soha uchun aktual mavzularga bagʼishlangan konferentsiya oʼtkazilmoqda. Ushbu konferentsiyada bir qator Oʼzbekiston arxivchilari ham ishtirok etmoqdalar.