Rasmiy munosabat

Uzreport  Axborot agentligi  tahririyati tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni e’lon qilingan “Buxoroda fuqarolarga soxta arxiv ko‘chirmalarini yozib bergan shaxslar aniqlandi” maqolasida e’lon qilingan ma’lumotlar yuzasidan “O‘zarxiv” agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Haqiqattan ham Buxoro viloyati davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi hamda Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan hamkorlikda 2021 yil aprel oyida Olot tumani davlat arxivida o‘rganish ishlari olib borilgan. 
Arxivda ma’lumotnomalarni tayyorlashda o‘zboshimchalik bilan arxiv hujjatlarida mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni kiritilganlik holatlari aniqlanganligi sababli, Olot tumani davlat arxivi direktori Hamroyev Ro‘zimurot Boltayevich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2021 yil 8 aprel sanasidan bekor qilingan.
Hozirda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan tergor harakatlari olib borilmoqda.

 

Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati