Yosh arxivchilar yozgi maktabi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Arxivi tomonidan joriy yil 21-23 iyun kunlari tashkillashtirilgan Yosh arxivchilar yozgi maktabi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi. Mazkur "Elektron hujjatlar bilan ishlash nazariyasi va amaliyoti" mavzusidagi o‘quv kursida "O‘zarxiv" agentligi tomonidan jami 35 ta mutaxassis ishtirok etdi. "O‘zarxiv" agentligi Yozgi maktab bilan arxiv ishi sohasidagi xalqaro munosabatlarni yanada rivojlantirishda davom etaveradi.